14:14 / 13.08.2015
1808

Manchesterning bir yo‘la ikki jamoasi «Barselona» futbolchisi Pedroga taklif bilan chiqdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Pedro Rodrigesga bir yo‘la ikki Manchester jamoasi «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.

El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «Yunayted» Kataloniya klubiga 28 yoshli ispan futbolchisini sotib olish uchun 25 million yevro va qo‘shimchasi 5 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqqan.

«Siti» ijrochi direktori Chiki Begiristayn esa bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida futbolchiga «shaharliklar» 30 million qo‘shimchasiga 2 million yevro bonus taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachini sotib olish uchun shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli 30 million yevroni tashkil qiladi. Nashrda qayd qilinishicha, Pedro uchun kurashda «MYu» favorit sanalmoqda. Sababi «qizil iblislar» futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishgan.

Barcha qiziquvchi tomonlar bilan muzokaralar Ispaniya Superkubogi doirasidagi «Barselona» va «Atletik» jamoalari o‘rtasidagi 14 va 17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan keyin olib boriladi.

Top