8337.07 USD +0.82

9498.42 EUR -34.92

123.36 RUB +3.51

10609.8 GBP +18.55

09:44 / 13.08.2015 2689

Oltinko‘l tumani hokimligi fuqarodan 13,4 million so‘mlik qarzini to‘lamay kelmoqda

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimligi fuqaro Ro‘ziboy Ismonovga 13,4 million so‘mlik qarzni to‘lashni paysalga solib kelmoqda.

“Darakchi” nashrida yozilishicha, Ismonov tumandagi 11-oshxona binosini sotib olib, uni ta'mirlatgan. Ish boshlash arafasida shifoxonaga tushib qolgan. Davolanib chiqqunicha tuman hokimining buyrug‘i bilan inshoot buzib tashlangan. Buning ustiga buzilgan bino uchun fuqaro R.Ismonovga 4,5 million so‘mlik mulk solig‘i ham hisoblangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tumanlararo sudi 2014 yilning 14 avgustida Ismonov foydasiga hokimlikdan 13,4 million so‘m undirish haqida qaror chiqargan, ammo sud qarori hozirgacha ijro etilmagan.

Adliya vazirligi departamenti rahbari o‘rinbosari T.Orziyev joriy yil 5 iyun kuni Oltinko‘l tumani hokimligining “Neksiya” rusumli mashinasi xatlangani, avtoulov sotilgach, qarz undirilishini ma'lum qilgan.

Teglar

Top