09:30 / 13.08.2015
2987

O‘zbek olimlari hajmli kiyim detallariga shakl berish qurilmasini ixtiro qilishdi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari hajmli kiyim detallariga shakl berish qurilmasini ixtiro qilishdi.

Ushbu qurilma yengil sanoat sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi kiyimlarning shakl berilgan detallarining havo o‘tkazish kabi parametrlarini saqlashda shakl barqarorligini oshirishdan iborat hisoblanadi.

Hammualliflar - N.M.Ortiqboyeva, A.J.Jo‘rayev, S.Z.Yunusov, S.Sh.Toshpo‘latov, D.A.Bahriddinova va B.A.Rixsiyevaga ushbu foydali model uchun № FAP 01017 raqamli patent berildi.

Top