11:50 / 13.08.2015
10014

O‘zbekistonlik jangari: IShID – yolg‘on aqidali guruh

Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan asli o‘zbekistonlik jangari IShID ekstremistik guruhini tanqid ostiga oldi

Jangari WhatsApp’dagi sahifasi orqali IShIDning mafkuraviy yanglishligi va guruh rahbarining shaxsiy illatlari haqida gapirib berdi.
“IShID – yolg‘on aqidali guruh. Uning yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy – maishatga berilgan, axloqiy buzuq odam”, – dedi u.

Uning aytishicha, u tarkibida bo‘lgan ekstremistik guruh – “Imom Buxoriy jamoati”, “O‘zbekiston islom harakati”dan farqli ravishda, hech qachon IShIDga sadoqat izhor qilmagan.

“IShID musulmonlarni o‘ldirishga, ularning molini musodara qilishga, ayollarni bozorda 500 dollarga sotishga ruxsat berishi bilan bizda ularga qarshi kurashish haqida fatvo chiqarildi”, – ta'kidladi nomi keltirilmagan jangari.

Top