09:18 / 13.08.2015
2759

Polsha O‘zbekistonga tramvay va lokomotivlar yetkazib berishi mumkin

Toshshahartransxizmat AK Polshaning PESA Bydgoszcz SA kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tramvaylar, lokomotivlar va metropoliten vagonlari yetkazib berishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularning servisi uchun qo‘shma korxona ochish hamda personal tayyorlash masalalarida muzokara olib borish bo‘ldi.
PESA Bydgoszcz SA 1851 yili tashkil topgan bo‘lib, temir yo‘l sostavlari modernizatsiyasi va ta'miri bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, kompaniya yuqori tezlikdagi elektrik va dizel lokomotivlari, vagonlar, tramvaylar ishlab chiqaradi.
Kompaniyaning sharqiy bozorlar marketingin direktori, delegatsiya a'zosi Dariush Skotnitski “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi muzokaralar samarali olib borilganligini va yaqin orada ushbu yo‘nalishda konkret ishlar amalga oshirilishini ta'kidladi.

Top