06:56 / 13.08.2015
2397

Rossiyaning birinchi energetika va yoqilg‘i vaziri Anatoliy Dyakov vafot etdi

12 avgustda Rossiyaning birinchi energetika va yoqilg‘i vaziri, “YeES Rossii” RAJning sobiq rahbari Anatoliy Dyakov 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Federal tarmoq kompaniyasi saytida ma'lum qilindi. Dyakov oxirgi yillarda ushbu kompaniyaning boshqaruvi maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Dyakov faoliyati davomida tarmoqda 50 yildan ko‘proq ishlab, muhandisdan boshlab vazir lavozimiga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Qayd etilishicha, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir-a'zosi, texnika fanlari doktori Anatoliy Dyakov 400 dan ko‘proq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.

Top