16:22 / 13.08.2015
3093

Smolensklik bemorda Ebola virusi borligi gumon qilinmoqda

Rossiyaning Smolensk shahrida istiqomat qiluvchi erkak Ebola virusiga chalinganlikda gumon qilinib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, erkak o‘zini yomon his qilib, shifokorlarga murojaat qilgan. Uni tekshirgan shifokor bemorni bezgakka gumon qilib, chuqurroq tekshirish uchun statsionarga yuborgan.

Bunday holat Rossiyada ilgari ham kuzatilgan. Jumladan, 2014 yili Penzada nigeriyalik talaba ham Ebolaga gumon qilinib shifoxonaga yotqiziligan edi, ammo taxminlar yanglish bo‘lib chiqdi.

Top