2015 yilning 13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Jazoir munosabatlarining hozirgi holati va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.