14:35 / 13.08.2015
2132

Toshkent va Jazoir munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qildi

2015 yilning 13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Jazoir munosabatlarining hozirgi holati va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top