11:15 / 13.08.2015
5680

Xitoydagi kuchli portlash tufayli kelib chiqqan yong‘inni o‘chirish ishlari to‘xtatildi

Xitoy hukumati 13 avgustga o‘tar kechasi sharqiy sohildagi Tyantszin port shahrida joylashgan yonuvchi moddalar saqlanadigan omborxonada kuchli portlash yuz berganidan keyin kelib chiqqan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha harakatlar to‘xtatilganini ma'lum qildi.

Omborxonada yong‘indan saqlab qolish mumkin bo‘lgan mulkning aniq miqdori aniq emasligi tufayli shunday qaror qabul qilingan.

Qayd etilishicha, yong‘in o‘chog‘i bartaraf etilgan. Ushbu omborxona tegishli bo‘lgan kompaniya rahbari hibsga olingan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida 42 kishining o‘limi tasdiqlangan. Shuningdek, o‘nlab o‘t o‘chiruvchilar bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Portlash kuchli bo‘lganidan yaqin-atrofdagi ba'zi turar-jon binolarining oynasi sinib, eshiklar ilmog‘idan chiqib ketgan. Mahalliy aholi portlashdan keyin yer qimirlaganini his qilgan

Guvohlarning aytishicha, portlash oqibatida katta olovli shar hosil bo‘lgan. Bunga omborxonada saqlangan zararli moddalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Portlagan bino yonidagi avtomobillar yonib ketgan.

Top