17:49 / 13.08.2015
3916

Yaponiya Rossiya bosh vaziri o‘rinbosarining Kuril orollaridan biriga tashrifiga norozilik bildirdi

Yaponiya hukumati Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Rossiya prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi doimiy vakili Yuriy Trutnevning Kuril orollaridan biri – Iturup oroliga tashrifiga norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Mahalliy OAVlarning ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik Rossiyaning Tokiodagi elchixonasiga telefon orqali bildirildi. Yaponiya hukumati Trutnevning orolga tashrifini Yaponiyaning pozitsiyasi bilan mos kelmasligini, yuzaga kelgan vaziyatni esa achinarli hol deb aytdi.

Qayd etilishicha, Trutnev orolga Butunrossiya yoshlar ta'lim anjumanida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Avvalroq Yaponiya tashqi ishlar vaziri Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Kuril orollariga tashrifini nomaqbul deb atagan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunga javoban yaponiyalik hamkasblariga sharh berishdan o‘zlarini tiyishlarini so‘ragan.

Top