09:36 / 13.08.2015
2041

Yaponiya turistik kompaniyalari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekistonga Yaponiya turistik kompaniyalari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Kultura.uz sayti xabar bermoqda.
Delegatsiya tarkibida Yaponiya turistik agentliklari uyushmasi (JATA) hamda eng yirik turistik kompaniyalarning vakillari bor edi. Ular O‘zbekistonning turistik salohiyati bilan hamda mamlakatning asosiy madaniy va me'moriy yodgorliklari bilan tanishtirildi. Ikki tomonlama uchrashuv davomida esa turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
JATA raisi o‘rinbosari Junego Kikuma yaponiyalik turistlarning O‘zbekistonga qiziqishi juda yuqori ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Ularning talablariga muvofiq bir nechta charterlar tashkil etib, O‘zbekistonga keladigan sayyohlar sonini oshirish ko‘zda tutilayotgani aytildi.
Shuningdek, oktabr ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanishi ma'lum qilindi.

Top