09:30 / 14.08.2015
2514

AQSh: Turkiya IShID pozitsiyalariga xalqaro koalitsiya tarkibidan mustaqil ravishda aviazarbalar bermaydi

Turkiya hukumati AQShning IShID jangarilarining Suriyadagi qarorgohlariga mustaqil ravishda aviazarbalar bermaslik bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi ma'lumot berdi.
“Biz Turkiya hukumatini IShIDning Suriyadagi pozitsiyalariga mustaqil ravishda zarba bermaslikni so‘radik. Havo operatsiyalarining xavfsizligini ta'minlash uchun Turkiya xalqaro aksilterror koalitsiyasiga uyg‘unlashishi talab etiladi. Turkiya bunga rozi bo‘ldi”, – ma'lum qildi u brifing chog‘ida.
Kirbining ishontirib aytishicha, Anqara va Vashington Suriyada IShID tahdidini yo‘q qilish yo‘nalishidagi hamkorligini davom ettiradi.

Top