09:15 / 14.08.2015
2512

Bloomberg dunyodagi eng ommabop xabarnomalar reytingini tuzib chiqdi

Dunyoda eng ko‘p foydalanuvchiga ega xabarnoma sifatida Xitoyning Tecent internet-gigantiga qarashli QQ xizmati bo‘ldi. Ayni paytda ushbu xabarnomadan 843 million kishi foydalanmoqda.

Ikkinchi o‘rinda o‘tgan yili Facebook kompaniyasi tomonidan 18 milliard dollarga sotib olingan WhatsApp messenjeri egalladi. Bugungi kunda ushbu xabarnomadan dunyo bo‘yicha 800 million kishi foydalanmoqda. 700 million foydalanuvchi mehrini qozongan Messenger shaxsiy ijtimoiy tarmog‘i uchinchi pog‘onani egallagan.

Oz vaqt ichida katta o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etgan WeChat qisqa xabarlar jo‘natish xizmati esa so‘nggi chorak (aprel-iyun)da foydalanuvchilar sonini 37 foizga oshirib, 600 millionlik natijaga erishdi. Bu haqda unga egalik qilayotgan Tecent kompaniyasi ma'lum qilgan.

Keyingi o‘rinlarni Viber, Line va Snapchat xabarnomalari egallagan. Isroildagi Viber 249 million kishiga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Yaponiyada ommalashgan Line xizmati 211 million foydalanuvchiga ega. O‘z-o‘zini yo‘qotuvchi suratlarni almashishga moslangan Snapchatdan esa taxminan 100 million kishi foydalanmoqda.

Top