06:18 / 14.08.2015
6139

Donald Tramp Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi. 

“Men u bilan uchrashgan bo‘lardim”, deb aytdi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Putin bir necha haftadan keyin o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida kutilayotgani haqidagi eslatmaga javoban.

Milliarder Donald Tramp prezidentlik lavozimiga Respublikachilar partiyasi nomzodlari orasida yetakchilik qilmoqda.

Avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishiga borishi hanuzgacha ko‘rib chiqilayotganini ma'lum qilgan edi.  

Top