00:53 / 14.08.2015
2741

Hindiston hukumati Coal India’ning 10 foizini 3,6 mlrd dollarga sotmoqchi

Hindiston hukumati dunyodagi eng yirik ko‘mir kompaniyasi Coal India davlat kompaniyasining 10 foizini sotmoqchi. Ayni paytda kompaniyaning 78,65 foiz aksiyasi davlatga tegishli. Bitim Hindiston xususiylashtirish federal dasturi doirasida amalga oshiriladi, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg axborot agentligi.

Coal India’ning aksiyasi 12 avgustda Mumbaydagi birja savdolari yakuniga ko‘ra hisobga olincha, aksiyalar sotuvi davlat byudjyetiga 235 mlrd rupiy, ya'ni 3,6 mlrd dollar olib keladi.

Coal India’ning aksiyalari narxi bu yangilik tufayli 1,2 foizga oshib ketdi.

Joriy yilning yanvar oyida ham Hindiston Coal India’ning 10 foiz aksiyasini sotgan edi. Bitim qiymati 3,6 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Top