09:41 / 14.08.2015
2283

Malayziya 2034 yilgi JChni o‘zida qabul qilmoqchi

Malayziya 2034 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘z maydonlarida o‘tkazish ehtimollarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun Daily xabar bergan.

Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Qayd etish joizki, eng yaqin mundiallar 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha Rossiyadagi 11 shahardagi 12 stadionda o‘tkaziladi. 2022 yilgi Jahon chempionati esa Qatarda o‘tkaziladi.

Top