15:06 / 14.08.2015
4627

Mourino “Suonsi” bilan uchrashuv payti jamoa shifokorini “fohishaning qizi” deb atadi

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino London jamoasi shifokori Yeva Karneyroni “Suonsi” bilan kechgan uchrashuv (2:2) payti qattiq haqorat qildi.
“Chelsi” tibbiy personali jarohatlangan yarim himoyachi Eden Azarga yordam ko‘rsatish uchun maydonga yugurib chiqdi. Karneyro xonim zaxira burchagiga yetib kelganida, bosh murabbiy unga qarab portugalchalab “Filha de puta” – “fohishaning qizi” deb baqirdi.
Uning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.

Bundan tashqari, Mourino Karneyroning o‘yin chog‘idagi xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, uni mashg‘ulotlarda ishlashdan chetlashtirdi.
“Chelsi” shifokorini Futbol mediklari uyushmasi va APL shifokorlari birlashmasi qo‘llab-quvvatladi. Karneyroning o‘zi Mourinoning kechirim so‘rashini talab qilmoqda, aks holda klubni sudga berishi mumkinligini aytmoqda.

Top