15:39 / 14.08.2015
4593

O‘zbekiston TIVda AQSh elchisi qabul qilindi

2015 yilning 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining ba'zi masalalari, jumladan bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va muddatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy masalalarga alohida e'tibor berildi.

Top