15:29 / 14.08.2015
3481

O‘zbekiston U-19 - "Balcom BMW" xalqaro turniri g‘olibiga aylandi

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyaning Xirosima shahri mezbonlik qilgan "Balcom BMW" xalqaro turniri g‘olibi bo‘ldi.

Turnirning so‘nggi uchrashuvida Xirosima shahri yoshlar terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ochko bilan turnir g‘olibiga aylanishdi.

Xirosima yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda Sharof Muxitdinov ikkita golga mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bir gol Husniddin G‘ofurov tomonidan urildi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Husniddin G‘ofurov turnirning eng yaxshi o‘yinchisi (MVP) nomini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston yoshlari Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasda, Yaponiya yoshlar terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edilar.

Ta'kidlash joiz, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 28 sentabr – 6 oktabr kunlari Bangladeshda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi.

"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.

12 avgust. Xirosima, Yaponiya.

O‘zbekiston U-19 – Xirosima yoshlar terma jamoasi 3:1.

Gollar: Sharof Muxitdinov (4,10), Husniddin G‘ofurov (35).

O‘zbekiston U-19: Umid Hamroyev, Nurillo To‘xtasinov, Sharof Muhitdinov, Saidjamol Davlatjonov, Xushnud Avilov, Husniddin G‘ofurov, Aziz G‘aniyev, Tursunboy Rahimberdiyev, Bobur Abduholiqov, Doston Ibragimov, Islom Qobilov.

Top