15:47 / 14.08.2015
2460

O‘zbekistonda mahalliy korxonalar keksalar uchun zamonaviy reabilitatsiya texnik va yordamchi vositalari ishlab chiqaradi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2014 yil 15 dekabrdagi 1-sonli majlis bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida mahalliy korxonalar negizida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan reabilitatsiyaning texnik va yordamchi vositalari, sanitariya-gigiyena jihozlari xarid qilingan bo‘lib, bugun ushbu vosita va jihozlarni ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmadan asosiy maqsad mahalliy korxonalar negizida zamonaviy reabilitatsiya texnik va yordamchi vositalari, sanitariya-gigiyena jihozlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy korxonalar o‘rtasida tajriba almashish orqali nogironlarni ehtiyojlarini qondirish hamda jamiyatga intergatsiya qilishdan iborat hisoblanadi.

2012 yildan bugungi kunga qadar 8770 nafar fuqarolar nogironlar aravachasi bilan, 3423 nafari eshitish moslamasi bilan, 4676 nafari qo‘ltiq tayoq bilan hamda 6754 nafari hassa bilan ta'minlandi. O‘tgan davr mobaynida davlat byudjyetidan ushbu vositalarga 4,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Bundan tashqari, “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, ushbu vositalarga ajratilayotgan byudjyet mablag‘larini 2 barobar oshirish hamda reabilitatsiya texnik vositalarini bepul ajratish uchun asos bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar olib borilmoqda.

Top