15:18 / 14.08.2015
6753

O‘zbekistonda mashhur brendning egizagi yaratildi

O‘zbekistonlik tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmagan xalqaro brendlarni kuzatib, ularning o‘ziga xos “egizak”larini yaratishda davom etmoqda. Bu safar ular mashhur Hoffman brendini o‘zlashtirishdi.

Lisa Hoffman parfyumeriya brendi hisoblanadi. Yana bir o‘xshash brend – Mara Hoffman esa 2000 yili Nyu-Yorkda ro‘yxatga olingan. Ushbu brend ostida turli-tuman kiyim-kechak chiqariladi.

Bu ikkala brendning nomiga o‘xshatma tarzida shunchaki Hoffman deb atalgan yangi brend yaratildi. “Biznes-praktika: Uzbekistan” jurnalining yozishicha, Hoffman brendi MGU 27692 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tdi. Vaziyatdan unumli foydalanib qolgan tadbirkorning ismi Hamidov Zohir Soliyevichdir. Brend “kiyim-kechak, poyabzal, bosh kiyimlari” toifasida qo‘llanadi.

Top