22:49 / 14.08.2015
2196

Pellegrini: Mourinyu bilan o‘rtamizda kelishmovchilik bor, lekin men doimo unga qo‘limni uzataman

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan o‘rtalarida kelishmovchilik borligiga qaramasdan, 16 avgust kuni Angliya premer-ligasining 2-turi doirasida “Manchester Siti” bilan “Chelsi” o‘rtasidagi uchrashuvda u bilan qo‘l berishishga tayyorligini ma'lum qildi.

“Mourinyu bilan o‘rtamizda kelishmovchilik bor, lekin men doimo unga qo‘limni uzataman” deb aytdi Pellegrini.

2013 yilda Pellegrini o‘z jamoasi “Chelsi”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandan keyin Mourinyuga qo‘l uzatishni istamagan.

Top