05:54 / 14.08.2015
2765

Sochida o‘zini portlatib yubormoqchi bo‘lgan erkak politsiyaga taslim bo‘ldi

O‘zini va uyini gaz balloni yordamida portlatish bilan tahdid qilgan Sochida yashovchi erkak politsiyaga taslim bo‘ldi. Erkak bilan muzokaralar 7 soatdan ko‘proq vaqt davom etdi. Hozirda erkak so‘roq qilinmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi. 

Lazarev tumani Volkovka posyolkasida bir erkak o‘z uyida qamalib olib, o‘zini portlatishi bilan tahdid qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, undan avval 35 yoshli erkak oilasida mojaro chiqqan.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan yaqin oradagi uylarda yashovchilar evakuatsiya qilingan. Voqea joyida politsiyaning tezkor guruhlari va psixologlar ish olib borgan. Muzokaralarga, shuningdek, erkakning rafiqasi ham jalb qilingan. 

Top