15:01 / 14.08.2015
2360

Tyantszindagi portlash qurbonlarining soni 55 kishiga yetdi

Chorshanba kuni kechasi Xitoyning Tyantszin shahrida sodir bo‘lgan portlashda qurbon bo‘lganlar soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda Sina axborot portali xabar bermoqda.
Sinxua agentligi 50 kishi halok bo‘lganini, 701 kishi jabrlanganini, ulardan 71 nafar og‘ir ahvolda ekanligini ma'lum qilgan edi.
“Bugun favqulodda vaziyat hududida yana beshta murda topildi, bir kishi qutqarildi”, – deyiladi xabarnomada.

Ertalab qutqaruvchilar vayronalar ostidan 19 yoshli o‘t o‘chiruvchini chiqarib olishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30da Ruihai Logistics kompaniyasining Binxayda joylashgan ikkita omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Omborxonada xavfli mahsulotlar saqlangani aytilmoqda. Portlash zarbining kuchliligidan u mahalliy seysmologiya xizmati tomonidan qayd qilindi. Portlash kuchi trotil ekvivalentida 3 va 21 tonnani tashkil qildi.

Top