12:26 / 14.08.2015
3625

Urgutliklar gaz ta'minotidan nolimoqda

Samarqand viloyatining Urgut tumanida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda “Adolat ko‘zgusi” gazetasi yozmoqda.

Urgutda istiqomat qiluvchi Uzoq Omonovning so‘zlariga qaraganda, fuqarolar ko‘p bora “Urguttumangaz” shirkatiga murojaat qilishgan, ammo masala hal qilib berilmagan.
“Markazgazta'minoti” direktori F. Boyjigitov, o‘z navbatida, vaziyat o‘rganilayotganini hamda tegishli choralar ko‘rishga ko‘rsatmalar berilganini ma'lum qildi.

Top