18:08 / 14.08.2015
14837

Usmonov Rossiyaning eng yirik saxovatpeshasi deb tan olindi

Rossiyalik tijoratchi Alisher Usmonov Bloomberg tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng saxiy filantroplari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Agentlikning ma'lumotlariga qaraganda, 2014 yilda Usmonov xayriya ishlariga 172 mln dollar sarflagan. Mablag‘ning asosiy qismi “San'at, Fan va Sport” jamg‘armasini moliyalashtirishga ketgan.

Shuningdek, reytingga Sulaymon Kerimov, Viktor Vekselberg, Gennadiy Timchenko va boshqalar kirdi.
Usmonov ushbu retingning cho‘qqisini ikki yildan beri egallab kelmoqda.
2014 yili Usmonov DNK qo‘sh spiralini kashf qilgan biolog Jyeyms Uotsonning Nobel medalini 4.1 mln dollarga sotib olib, uning o‘ziga qaytarib bergan edi.
“San'at, Fan va Sport” jamg‘armasi tegishli sohalarda turli xayriya tadbirlari o‘tkazish bilan shug‘ullanib keladi.

Top