11:19 / 14.08.2015
4070

Xiaomi’ning yangi arzon smartfoniga HTC’ning oxirgi modellariniki bilan bir xil ko‘rsatkichli protsessor o‘rnatildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ishlab chiqargan yangi Redmi Note 2 smartfonining narxi 125 dollarni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, uning texnik tavsiflari HTC’ning oxirgi modeldagi, narxi to‘rt barobar qimmat bo‘lgan smartfonlari bilan bemalol bahslasha oladi.

Apparat 1080r yechimli 5.5 dyuymli ekranga, 13 Mp li asosiy va 5 Mp li frontal kameraga ega. Smartfonning yuragini 8 yadroli Helio X10 protsessoriga ega MediaTek chipseti tashkil etadi. Xuddi shunaqa chipset HTC’ning M9+ smartfoniga o‘rnatilgan.
Redmi Note 2ni sotib olganlar bonus tariqasida infraqizil uzatkichga ega bo‘ladi. Uning yordamida IK-pultlarni qo‘llab-quvvatlaydigan har qanday uy texnikasini boshqarish mumkin bo‘ladi.

Smartfon 2 Gb li LPDDR3 operativ xotirasi, 3060 mAh quvvatli batareyasi, microSIM-kartalar uchun ikkita slot, 16 yoki 32 Gb li o‘z xotirasi bilan ta'minlangan.
Xitoyda smartfon 16 avgust kuni sotuvga chiqariladi. Kichik model (protsessor chastotasi 2 GGts, xotira hajmi 16 Gb) 125 dollardan 140 dollargacha, Prime nomli katta model (protsessor chastotasi 2.2 GGts, xotira hajmi 32 Gb) 160 dollar turadi.

Top