02:07 / 14.08.2015
4269

Xitoyda metroning qurilayotgan stansiyasi yer o‘pirilishi oqibatida yer ostiga kirib ketdi

Xitoyning Guandun viloyatining Dunguan shahrida metroning qurilayotgan stansiyasi yer o‘pirilishi oqibatida yer ostiga kirib ketdi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Voqea paytida kotlovanda yer osti ishlari olib borilayotgan edi. Yer o‘pirilishi maydoni 300 kvadrat metrni tashkil qildi.

Ayni paytda voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda.

Top