17:48 / 14.08.2015
2227

"Yandeks" Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi homiysiga aylandi

Rossiyaning "Yandeks" internet-kompaniyasi Istanbul shahri sharafini himoya qiluvchi "Fenerbaxche" jamoasiga homiy bo‘ldi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar qilingan.

Tomonlar kelishuviga ko‘ra, Turkiya chempionatining yangi mavsumidagi barcha o‘yinlarda "Fenerbaxche" jamoasi futbolchilarining libosida Yandex yozuvi bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, "Fenerbaxche" Turkiyaning eng yetakchi jamoalari sirasiga kiradi. Milliy chempionatda bu jamoa shu vaqtgacha 19 marta chempion bo‘lgan va 20 marta ikkinchi o‘rinni egallagan. Jamoa shuningdek, 6 marta Turkiya Kubogini va 9 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Top