03:51 / 15.08.2015
4869

“Atletik” Ispaniya Superkubogining ilk uchrashuvida “Barselona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bilbaoning ““Atletik” jamoasi Ispaniya Superkubogining ilk uchrashuvida o‘z uy maydoni "San-Mames"da “Barselona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv 4:0 hisobida “basklar” foydasiga hal bo‘ldi.

Birinchi to‘pni o‘z hisobiga Mikel San-Xose uchrashuvning 13-daqiqasida yozib qo‘ydi: himoyachi raqib darvozabon Marka-Andre ter Shtegen to‘pni oldinga muvaffaqiyatsiz chiqargandan keyin maydon o‘rtasidan uni raqib jamoa darvozasiga kiritib qo‘ydi.

“Basklar” hujumchisi Arits Aduris 53, 62 va 68-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lib, o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi. Futbolchi o‘zining 3-to‘pini Dani Alvesning o‘z jarima maydonidagi qo‘polligidan so‘ng 11 metrlik nuqtadan kiritdi. 
Javob uchrashuvi Barselonada "Kamp Nou" stadionida 17 avgustda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Atletik B (Bilbao) – Barselona (Barselona) – 4:0

14 avgust. Bilbao. «San-Mames» stadioni

Gollar: San-Xose, 13 (1:0); Aduris, 53 (2:0); Aduris, 62 (3:0); Aduris, 68 (4:0, pen).

Ogohlantirishlar: Eraso, 44; Benyat, 45; Etcheyta, 70; Susayeta, 74; Gurpegi, 88; San-Xose, 90+3 – Rodriges, 41; Alves, 67; Maskerano, 80; Inesta, 90+1.

Top