21:55 / 15.08.2015
3193

“Krasnodar” o‘z tarixida birinchi bor “Zenit” ustidan g‘alaba qozondi

Rossiya Premer-ligasining 5-turida Sankt-Peterburgdagi “Petrovskiy” stadionida “Zenit” jamoasi “Krasnodar”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Buqalar” uchrashuvning 28-daqiqasida Ragnar Sigurdssonning boshi bilan kiritgan to‘pi evaziga oldinga chiqib oldilar. 2-bo‘lim boshida, uchrashuvning 50-daqiqasida mehmonlar o‘yinchisi Labordening 25 metrlardan tepgan kuchli zarbasi gol bilan yakunlandi.

”Krasnodar” tarixda birinchi bor “Zenit” ustidan g‘alaba qozondi: ayni kungacha jamoalar o‘zaro 8 ta uchrashuv o‘tkazishgan bo‘lib, ulardan 6 tasida peretburgliklar g‘alaba qozonishgan, 2 ta uchrashuv esa durrang natija bilan yakunlangan.

“Zenit” mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatga uchrab, chempionat yetakchisi TsSKAdan 3 ochko ortda qolmoqda.  

Rossiya Premer-ligasi. 5- tur

Zenit (Sankt-Peterburg) – Krasnodar (Krasnodar) – 0:2

Gollar: Sigurdsson, 26 (0:1); Laborde, 50 (0:2).

Gohlantirishlar: Xalk, 90+5 – Sigurdsson, 39; Mamayev, 62; Bystrov, 75; Dikan, 87.

Top