23:41 / 15.08.2015
28772

40 yoshgacha bilish kerak bo‘lgan 10 ta qimmatli maslahat

Ancha yashab qo‘yib ortingga, o‘tgan umr yo‘lingga nazar tashlaganingda yo‘l qo‘yilgan ancha-muncha xatolarga nigohing tushadi. Holbuki ulardan nari yurishing ham mumkin edi. Afsuski, ortga qaytib bo‘lmaydi va hadeb o‘zni aybdor, deb hisoblash ham yaramaydi. Ammo kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun keksalarning gapiga quloq solish darkor, zero ular hayotning turli past-balandini bilishadi, shu bois ularda boy hayotiy tajriba bor.

1. Qayerda o‘zingizni baxtli his etsangiz, o‘sha yerda ishlang

Hafta davomida 40 soat vaqtingizni yoqimsiz ishda, yoqimsiz odamlar bilan o‘tkazish uchun hayot judayam qisqalik qiladi. Pul muhim narsa, ammo eng muhimi baxt. O‘zingizga yoqmagan odamlar bilan gaplashish, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan majlisvozliklar qilishdek insonga yuk bo‘ladigan hech bir narsa yo‘q. Sizga aynan qaysi ishda ishlash yoqadi,bu haqda bir zum o‘tirib o‘ylang va albatta, o‘sha ishdan baxtingizni izlang. Ishoning, bu chek-chegarasi yo‘q lazzatdir.

2. Maqsadingizni aniq qo‘ying va uni amalga oshirish yo‘lida tinimsiz harakat qiling

Sizga aynan nima quvonch olib keladi, avvalo, shuni aniqlashtirib oling. Xulosa qilish birmuncha vaqtingizni olib qo‘yishi mumkin, ammo bu shunga arziydi. Sizga mutlaqo keraksiz bo‘lgan narsalar ortidan yugurmang. Haqiqiy, sevimli hayotda yashash imkoni bo‘lib turgan bir paytda, yolg‘on hayotda yashashning nima keragi bor?

3. Seving va shafqatli bo‘ling

Siz boshqalarga o‘xshab faqat va faqat baxtli yashash uchun dunyoga kelgansiz. O‘zingizni hadeb tergash, eng yaramas odat. Bu kuchingizni olib qo‘yadi, tushkun kayfiyat uyg‘otadi. Barcha narsaning me'yori bor.

Qanday bo‘lsangiz, o‘zingizni ana shunday qabul qilishga odatlaning. Ana shunda erkin, ozod insonga aylanasiz. Bu sizga bitmas tuganmas kuch hadya etadi.

4. Bilib qo‘ying, muhabbat abadiy emas

Buni eshitish naqadar qayg‘uli, shunday emasmi? Nikoh va do‘stlik ayrolik bilan tugashi mumkin, sevgi esa g‘oyib bo‘lib qo‘ya qoladi. Shaxs sifatida muntazam o‘sib borasiz, ammo bir kuni o‘zingiz sezmagan holda... sevib qolasiz. Biroq shuni unutmang, har bir munosabat odam hayotida o‘ta muhim sanaladi, garchi u uzoq davom etmaydigan bo‘lsa ham.

5. Ota-onangizning qadriga yeting

Hammamiz yaxshi bilamiz, hech kim abadiy yashamaydi. Ammo ota-onamiz doim biz bilan qoladigandek bo‘lib tuyulaveradi. Ota-onaningizga ularni yaxshi ko‘rishingiz va duolariga muhtoj ekanligingizni doimo aytib turing, ishoning, qachondir shunday paytlar keladiki, buni xohlasangiz ham ilojini topa olmaysiz. Bu vaqt ogohlantirmasdan keladi, shu bois bu ishni ertaga qilaman, indin qilaman emas, hozirdanoq boshlang.

6. Bilingki tanangiz o‘zgarib turadi

Ichingdagi bir yaramas tovush senga doim ota-onang mangu yashaydi, tanang ham abadiy ko‘rkamligicha qoladi, deb ovoz berib turadi. O‘ylaysizki, sizdagi kuch-quvvat hech qachon g‘oyib bo‘lmaydi deb. Bu, albatta, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan ish. Bir kun kelib ko‘zguga qarab, g‘arib bir kimsaga ko‘zingiz tushadi va o‘shanda hozirgi gaplarimizni yodga olasiz.

7. Omonatdor bo‘ling

Pul yig‘ishga yoshligizdanoq odatlaning. Bu ishni qanchalik erta boshlasangiz, shunchalik o‘ylagan maqsadingizga erta yetasiz. Agar bunday ish qilmagan bo‘lsangizu, pensiya bilan kifoyalanaman desangiz, unda o‘sha pensiya yoshingizda nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni hozirdanoq rejalab qo‘ying.

8. Bir narsani tushuning, hamma ham sizni seva olmaydi

Shu bois barchaga birdek yoqishning sira iloji yo‘q. Doim sizni butun vujudi bilan yomon ko‘radiganlar topiladi. Bu sizdan ko‘ra ko‘proq ularga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, qimmatli vaqtingizdan bir daqiqani bo‘lsada, ularni o‘zgartirishga bag‘ishlamang. Bu befoyda.

Undan ko‘ra, quvvatingiz va vaqtingizni sizni ardoqlaydigan insonlarga bag‘ishlang.

9. Xohish-istaklaringizning ro‘yxatini tuzib chiqing

Istaklar ro‘yxati bu — o‘lishingizdan oldin bajarishingiz kerak bo‘lgan orzular ketma-ketligidir (vasiyatnoma bilan yanglishtirmang).

Kundalik mayda-chuydalarga yashashingiz uchun halaqit berishiga yo‘l qo‘ymang. Bu hayotdan nimani istaysiz, barchasini qoldirmay yozing. Ro‘yxatingizdagi biror-bir orzu amalga oshsa uni ko‘zga tashlanadigan bo‘yoq bilan belgilab qo‘ying. Shunda siz unchalik ham baxtsiz emasligingizga guvoh bo‘lasiz.

10. O‘zingizga o‘zingizga savol bering: hayotimdan rozimanmi?

Hayotimiz gohida biz o‘ylagandek, gohida esa mutlaqo boshqachasiga o‘tayotgandek tuyuladi. O‘zingizdan muntazam, hayotingizdan rozimisiz yoki yo‘q, so‘rab turing. Bu dunyodagi hayotingiz bir marta beriladi, shu bois uni INSONga o‘xshab yashab o‘ting.

Manba: Xabardor.uz

Top