16:41 / 15.08.2015
2756

Apple haydovchisiz avtomobil ishlab chiqmoqda

Apple kompaniyasi haydovchisiz avtomobil yaratish bo‘yicha ishlarni maxfiy tarzda amalga oshirmoqda. Kompaniya muhandislarining bu haqdagi yozishmalari The Guardian nashriga kelib tushdi.
Yozishmalardan ma'lum bo‘lishicha, Kremniy vodiysi, Tesla motors va Mercedes-Benz muhandislaridan iborat guruh Apple’ning San-Xosedagi qarorgohida ishlamoqda. Taxmin qilinishicha, mashinaning birinchi modeli deyarli tayyor bo‘lgan va tadqiqotchilar uni sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shuningdek, sinov San-Frantsisko yaqinidagi foydalanilmaydigan GoMentum station harbiy bazasida o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda. Ilgariroq u yerda Mercedes-Benz va Honda sinovlar o‘tkazgan edi. Stantsiya fuqarolar uchun yopilgan bo‘lib, harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi, shu bois u yerda maxfiy sinovlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Tesla motors mutaxassislari obektni ko‘zdan kechirish uchun ruxsat ololmagani ma'lum.
Kompaniya “Titan loyihasi” nomi osti haydovchisiz avtomobillar ustida ishlayotgani haqida ko‘pdan buyon gapirib kelinayotganiga qaramay, ushbu loyihaning mavjudligi borasidagi hujjatlar birinchi marta chop etilishi.

Top