12:28 / 15.08.2015
2008

Arsen Venger: APLda ingliz futbolchilar kam bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi raqobatga dosh bera olgan

Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya premer-ligasida ingliz futbolchilarning kamligiga o‘z munosabatini bildirdi.

“Men bu haqda bir necha bor gapirgandim. Balki, raqamlar nuqtai nazaridan bu muammo bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo aslida bunaqa emas, – dedi mutaxassis. – Ligada 400 ingliz futbolchi bo‘lsa ham, milliy terma jamoa murabbiyi ulardan faqat 40 nafariga e'tibor qaratadi. Qolgan 360 nafari esa milliy termaga jalb qilinmaydi. Ingliz futbolchilarning qay darajada yaxshi ekanligi muhim va maydonga chiqayotgan 73 futbolchi darhaqiqat shu sifatga munosibdir, axir ular raqobatga dosh bera olgan”.

Top