19:36 / 15.08.2015
2911

Buyuk Britaniya qirolichasi Yaponiya ustidan g‘alabaning 70 yilligi marosimiga boshchilik qildi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va qirollik oilasi a'zolari Londonda Ikkinchi jahon urushida Yaponiya ustidan erishilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Vindzorlar oilasi urushda halok bo‘lganlarning xotiralarini cherkovdagi ibodat va gulchambarlar qo‘yish marosimida yod etishdi.

Urush faxriylari va lagerlar sobiq asirlari London markazi bo‘ylab saf tortib o‘tishdi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar ushbu marosim paytida terakt uyushtirishmoqchi bo‘lishgan.

Shaharda politsiya bo‘limlari kuchaytirildi. Skotland-Yard boshlig‘i Deyv Maskerning aytishicha, bayramning tinch o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida politsiya Mudofaa vazirligi va Qirollik britan legioni bilan yaqindan hamkorlik qildi.     

Top