13:39 / 15.08.2015
2456

Germaniya moliya vaziri: yangi dastur Gretsiyani islohotlarga chorlaydi

Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyblening fikricha, Gretsiyaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchinchi dasturning ishga tushirilishi ushbu mamlakatda islohotlarning boshlanishiga turtki bo‘ladi. Bu haqda Deutsche Welle radiosi xabar bermoqda.
“Bu imkoniyatdan foydalanmaslik mas'uliyatsizlik bo‘ladi”, – dedi vazir intervyu chog‘ida.

Ilgariroq Yevroguruh Gretsiyaga yordam berish bo‘yicha uchinchi dasturni tasdiqlagani ma'lum qilingan edi. Gretsiyaga kredit ajratish haqidagi hamkorlik memorandumi bir qator qo‘shimcha choralar ilova qilingan holda imzolandi. Aytilishicha, yaqin 6 yil ichida Gretsiyaga 86 mlrd yevro ajratiladi. Birinchi transh 20 avgust kuni amalga oshirilishi mumkin. Yozda dasturga Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham qo‘shilishi mumkin.

Top