01:25 / 15.08.2015
7331

Qozog‘iston defoltoldi davlatlar yuqori o‘ntaligidan joy oldi

Bank of America Merrill Lynch investitsion guruhi jahon iqtisodiyoti infografikasini chop etishda davom etmoqda. 14 avgustda moliyaviy guruh defolt bo‘lishi ehtimoli katta bo‘lgan davlatlar jahon xaritasini chop etdi, deb xabar bermoqda Buisness Insider portaliga iqtibos keltirgan holda Kazpravda.kz portali.

Qozog‘iston tashqi qarzi bo‘yicha defolti ehtimoli katta bo‘lgan davlatlarning yuqori o‘ntaligidan joy oldi. Bu antireytingga Venesuela boshchilik qilmoqda, 2-o‘rinni Gretsiya, 3-o‘rinni esa Ukraina egallamoqda. 

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan: 4-o‘rin – Pokiston, 5 – Misr, 6 – Kipr, 7 – Rossiya, 8 – Braziliya, 9 – Qozog‘iston va 10 – Turkiya.   

Eng barqaror va kreditlarga qodir davlatlarning yuqori o‘ntaligidan quyidagi davlatlar  joy oldi: Germaniya, Shveytsariya, Shvetsiya, AQSh, Buyuk Britaniya,  Fransiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya.

Ushbu reyting davlatlarning tashqi qarzlari bo‘yicha defolt sug‘urtalari narxi asosida tuzildi. Moliyaviy guruh ta'kidlashicha, Ispaniya va Irlandiyaning ko‘rsatkichlari yaxshilangan, chunki ularning tashqi qarzlar bo‘yicha sug‘urtasi narxi tushib ketdi. Tahlilchilarning fikricha, bu holat ushbu davlatlarda iqtisodiy vaziyatning barqarorlashishiga ishora qiladi.  

Top