07:59 / 15.08.2015
2443

Texasdagi kimyo korxonasida portlashlardan keyin katta yong‘in chiqdi

AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan kimyo korxonalaridan birida kuchli yong‘in chiqdi. Bu haqda shtat o‘t o‘chiruvchilari vakili ma'lum qildi. 

O‘t o‘chiruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, neft sanoati uchun kimyoviy materiallar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli bo‘lgan zavodda bir nechta portlash yuz bergandan keyin zavod binosida yong‘in avj olgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inga uchinchi toifadagi murakkablik darajasini berishdi.   

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi. Jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Yaqin atrofdagi aholiga o‘z uylarida qolish va oynalarni berkitib qo‘yish tavsiya qilindi. Voqea  sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Top