13:35 / 15.08.2015
9662

Tyantszinda yana portlash sodir bo‘ldi

Xitoyning Tyantszin portida yana portlashlar sodir bo‘ldi. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, buning natijasida shaharning bir qismi tutun bilan qoplangan.
Portlash sodir bo‘lgan omborxona atrofidagi hududda yana yong‘in kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, omborxona yaqinidagi avtoturargohda qoldirilgan mashinalar portlagan bo‘lishi mumkin.
Voqea joyi atrofida 3 km radiusda yashaydigan aholi evakuatsiya qilingan. Evakuatsion zona yaqinida chodirlar tikilgan.

Top