08:09 / 15.08.2015
3441

Tyantszindagi portlash qurbonlari soni 85 nafarga yetdi

Xitoyning Tyantszin shahridagi omborxonalardan biridagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 kishiga yetdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi tvitterda ma'lum qildi.

China Daily ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida 17 mingta xonadon, 1,7 mingta kompaniya va 675 ta do‘kon jabr ko‘rdi. Portlash oqibatida 10 mingdan ko‘proq avtomobil yonib ketdi.

Omborxonada saqlangan kimyoviy moddalar tarkibi va miqdori hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda. Avvalroq Xitoy portlashdan keyin kimyoviy moddalar sektorida yalpi tekshiruv o‘tkazilishini e'lon qilgan edi.

Top