10:23 / 15.08.2015
5468

Xitoy Yaponiya bosh vazirining urush yakunining 70 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqiga norozilik bildirdi

Xitoy Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening uning mamlakati Ikkinchi Jahon urushida o‘ynagan roli haqidagi pozitsiyasidan norozilik bildirdi. Bu pozitsiya mamlakat yetakchisining 15 avgust kuni Yaponiya kapitulyatsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan nutqida aks etdi. XXR TIV rasmiy vakili Xua Chuninning so‘zlariga qaraganda, Pekin Tokioning yapon militarizmi agressiyasi uchun “samimiy” kechirim so‘rashini talab qilmoqda.
“Bugun, jahon hamjamiyati Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlayotganida, Yaponiya militarizmning xarakteriga aniq baho berishi, javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, jabrlangan xalqlardan samimiy kechirim so‘rashi, militaristik agressiya tarixi bilan aloqalarni butunlay uzib, ushbu muhim va prinsipial masalani xaspo‘shlash bilan shug‘ullanmasligi zarur”, – dedi Xua Chunin TIV saytida joylashtirilgan bayonotida.
Uning aytishicha, XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjan Yesuy ham Yaponiyaning Pekindagi elchisiga Abening nutqi borasidagi munosabatini bildirgan.

Top