14:12 / 15.08.2015
4036

Xitoyda portlash haqida “mishmish tarqatgan” 360ta akkaunt yopib qo‘yildi

Xitoy hukumati Tyantszindagi portlashlar haqida “mishmish tarqatish”da ayblab ijtimoiy tarmoqlardagi 360ta akkauntni bloklab qo‘ydi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

XXR kibermuhitni nazorat qilish departamenti vakillarining ma'lum qilishicha, Sina Weibo va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida zaharli gaz Pekinga yetib borgani, do‘konlar va supermarketlar talon-toroj qilingani va portlash 1 km radiusdagi barchaning hayotiga zomin bo‘lgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Bu holatni bartaraf qilish uchun ayrim akkauntlarni vaqtinchalik yopib qo‘yish haqida qaror qabul qilingan.

Top