22:24 / 16.08.2015
2843

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Chelsi”ni tor-mor etdi

Angliya Premer-ligasining 2-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida amaldagi chempion “Chelsi” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
“Shaharliklar” safida ilk golni 31-daqiqada hujumchi Serxio Aguero kiritdi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Vensan Kompani o‘zining ketma-ket ikkinchi o‘yindagi golini kiritdi. Yakuniy hisobni o‘yinning tugashiga 5 daqiqa qolganda Fernandino o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Siti” ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 1-o‘rinni, “Chelsi” esa bitta durrang va bitta mag‘lubiyatdan keyin 1 ochko jamg‘arib, 16-o‘rinni egallamoqda.
Angliya Premer-ligasi. 2- tur
Manchester Siti (Manchester) – Chelsi (London) – 3:0
Gollar: Aguero, 31 (1:0); Kompani, 79 (2:0); Fernandino, 85 (3:0).
Ogohlantirishlar: Kompani, 33; Fernandino, 45+1; Ture, 51; Mangala, 90+1 – Ivanovich, 48; Azar, 81.

>

Top