17:43 / 16.08.2015
1791

“Real” “Inter”dan Kovachichni 30-35 mln yevroga sotib olishga yaqin turibdi

“Inter”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Mateo Kovachich Madridning “Real” jamoasiga o‘tishi mumkin. Tomonlar 30-35 mln yevroga baholanayotgan shartnomaning so‘nggi punktlarini muhokama qilmoqda.

Gazzetta dello Sport nashrining ma'lum qilishicha, Kovachichining o‘zi “Real”ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

Ilgariroq yarim himoyachini “Liverpul” sotib olishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Italiya A Seriyasining o‘tgan mavsumida 21 yoshli xorvat 35ta uchrashuv o‘tkazib, 5ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Top