06:38 / 16.08.2015
5873

Hillari Klinton “IShID”ning paydo bo‘lishi uchun javobgarlikni Jorj Bush zimmasiga yukladi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton prezident lavozimi uchun saylovoldi poygasidagi raqibi Jyeb Bushning “IShID” terrorchilik guruhining paydo bo‘lishida javobgarlikning bir qismini Klintonning zimmasiga qo‘ygan ayblovini inkor etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ayova shtatida Klinton nutq so‘zlayotib, Iroqdagi vaziyatning keskinlashishi prezident Kichik Jorj Bush ma'muriyatining harakatlari tufayli vujudga kelganini aytdi. Shu bilan birga u Jyeb Bush akasining harakatlarini himoya qilishga va bo‘lib o‘tgan voqeaning to‘liq suratini berkitishga urinayotganiga e'tiborni qaratdi.

Klintonning aytishicha, Jorj Bush o‘sha paytdagi Iroq hukumati bilan 2011 yilning oxirigacha AQSh qo‘shinlarining mamlakatdan olib chiqib ketilishi bo‘yicha kelishuv tuzgan. Aynan shu holat “IShID”ning mintaqada kuchayishiga sabab bo‘lgan.

Avvalroq respublikachi Jyeb Bush Barak Obamaning noto‘g‘ri harakatlari Iroqdagi vaziyatning beqarorlashuvi va “IShID”ning kuchayishiga olib kelganini aytib, Hillari Klinton o‘sha paytda AQSh Davlat kotibi lavozimini egallaganini ta'kidlab o‘tdi.  

Top