09:01 / 16.08.2015
2117

Liverpulda antifashistlar fashizm tarafdorlarining marsh o‘tkazishiga to‘sqinlik qildilar

Angliyaning Liverpul shahrida fashizm tarafdorlari bilan antifashistlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. “Milliy harakat” tashkiloti faollari shaharda oxirgi o‘n yilliklar davomida eng yirik bo‘lishi kerak bo‘lgan “Oq tanli odamlar marshi” deb atalgan natsizm tarafdorlarining namoyishini o‘tkazmoqchi bo‘ldilar. Liverpul hokimiyati bu namoyishga rozilik bergan bo‘lishiga qaramasdan, antifashistlarning noroziliklari tufayli u bekor qilindi.

Antifashistik harakat vakillari javob aksiyasiga chiqdilar. Shahardagi vaziyat keskin ko‘rinish oldi.    

Fashizmga qarshi chiquvchi namoyishchilar vokzal binosida marsh o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan neonatsistlarning kichik guruhiga hujum qildi. Bir necha kishi hibsga olindi.

Fashizmga qarshi namoyishlarda yuzlab odamlar ishtirok etmoqda. Ko‘chalarda ko‘plab politsiyachilar vaziyatni nazorat qilmoqda. Odamlar Liverpul ko‘chalari bo‘ylab neonatsistlarga qarshi noroziliklarini namoyon qilgan holda o‘tmoqdalar. Ular fashizm tarafdorlari marshining oldi olinganini nishonlashmoqda va “Boshqa hech qachon!” deb hayqirishmoqda. 

Top