06:24 / 16.08.2015
2103

Nyu-Yorkda legionellez bilan kasallanganlar soni 124 kishiga yetdi

Nyu-Yorkda “legionerlar kasalligi”– legionellez bilan kasallanganlar soni 124 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda BNO News telekanali.

Bu kasallikka asosan boshqa kasalliklarga ham ega bo‘lgan keksa yoshdagilar  chalinmoqdalar. Ma'lum qilinishicha, infeksiya o‘chog‘i shaharning shimolidagi Bronks tumanida bo‘lgan. Bu yerda legionella bakteriyalari bir nechta mahalliy shifoxona va savdo markazlarida topilgan.

Avvalroq legionellez bilan kasallanganlar soni bir oy ichida 113 kishiga yetgani ma'lum bo‘lgandi. Oxirgi hafta ichida yangi kasallanish holatlari kuzatilmadi. Ushbu kasaldan 12 nafar kishi halok bo‘ldi. 

Legionellez o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, o‘pka, markaziy asab tizimi va ovqat hazm qilish a'zolari shikastlanishi bilan birga kechadi.

Top