17:28 / 16.08.2015
2762

Pokistonlik vazirning uyida sodir etilgan portlash 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Pokistonning Panjob viloyatidagi vazirlardan birining uyida sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi vayronalar ostida qolib ketdi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.

Portlash tufayli vazir Shujo Xonzodaning Attok okrugida joylashgan uyining tomi qulagan. U paytda Xonzoda uyida tarafdorlari bilan yig‘ilish o‘tkazayotgan edi.
“Portlash sodir bo‘lganida uyda 20-30 kishi bor edi”, – dedi okrug matbuot xizmati vakili Shahzod Niyoz Reuters muxbiriga bergan intervyusida.
Portlash joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vazirning o‘zi hozirgacha vayronalar ostidan chiqarib olinmadi.

Top