20:13 / 16.08.2015
3134

Qutqaruvchilar yo‘qolib qolgan Indoneziya samolyoti qoldiqlarini topishdi

Indoneziyada qutqaruvchilar avvalroq aloqa yo‘qolgan, bortida 54 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyotining qoldiqlarini aniqlashdi. Bu haqda 16 avgust kuni Indoneziya transport vazirligi vakili matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Oksibil shahridan 25 km uzoqlikdagi tog‘larga urilgan. Samolyot Papua viloyatining ma'muriy markazi Jaypurdan Oksibil shahriga uchib ketayotgan bo‘lgan.

Avvalroq samolyotni qidirish ishlariga falokat joyidagi murakkab ob-havo sharoitlar hamda samolyot qulagan joyning o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari, ya'ni o‘tish juda murakkab bo‘lgan junglilarga ega tog‘ landshafti xalaqit berayotgani ma'lum qilingandi.
Samolyotga egalik qiluvchi Trigana Air Service aviakompaniyasi Yevropa Ittifoqining “qora ro‘yxatiga” kiritilgan bo‘lgan. Bu kompaniyaga Yevropaga reyslar amalga oshirish taqiqlab qo‘yilgan. Mahalliy OAVlarning taxminicha, kompaniya tomonidan xavfsizlik sohasida yetarlicha choralar ko‘rilmagani YeIning bunday qaror qabul qilishi sabablaridan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Top